Bugungi kunda ko‘plab o‘quvchilar chet elda o‘qishni xohlashadi, lekin ular qaysi universitetni tanlash, qanday imtihon topshirish, qanday tayyorlanish va stipendiya olish uchun nimalar qilish kerakligini aniq bilishmaydi. Kerakli ma’lumotlarni topish uchun esa ko‘plab turli saytlar va manbalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
QADAM shu muammoni bitta platforma orqali hal qilishni maqsad qiladi. O‘quvchi QADAM platformasida o‘z profilini yaratadi. Unda uning sinfi, baholari, IELTS, SAT va boshqa imtihon natijalari, olimpiadalari, sertifikatlari, qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng QADAM ushbu ma’lumotlarni tahlil qilib, o‘quvchiga shaxsiy rivojlanish yo‘lini ko‘rsatadi.
QADAM Prep
O‘quvchining bilim darajasini aniqlash, kuchli va zaif tomonlarini topish hamda unga shaxsiy o‘quv rejasini tuzishga yordam beradi.
QADAM Match
O‘quvchining akademik ko‘rsatkichlarini universitetlar talablari bilan solishtirib, unga eng moslarini topishga yordam beradi.
QADAM Learn
O‘quvchining ehtiyojlariga mos ta’lim materiallarini tavsiya qiladi va kerakli ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
"TOP 50 UNIVERSITIES" Kitobi
QADAM o‘zining maxsus kitobini ham taqdim etadi. Kitobda dunyoning 50 ta nufuzli universiteti haqida batafsil ma’lumot, qabul talablari, xarajatlari, stipendiyalari va talabalar hayoti yoritilgan.
QADAMning asosiy maqsadi
O‘quvchini shunchaki universitetga yo‘naltirish emas, balki maqsad qo‘yishdan boshlab universitetga hujjat topshirishgacha bo‘lgan jarayonda unga yo‘l ko‘rsatish.
Oddiy qilib aytganda: QADAM — o‘quvchi qayerda ekanini aniqlaydi, qayerga borishni xohlashini tushunadi va u yerga qanday yetib borishni ko‘rsatadi.